Maktabgacha, boshlang’ich va maxsus ta’lim metodikalari

Toshkent shahar xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish institutining “Maktabgacha, boshlang‘ich va maxsus ta’lim” kafedrasida bugungi kunda 12 nafar professor-o‘qituvchilar (8 nafar asosiy shtatda, 4 nafar o‘rindosh)  faoliyat ko‘rsatmoqda. Ulardan  1 nafar fan nomzodi, dotsent va 11 nafar katta o‘qituvchilardir. Kafedrada faoliyat ko‘rsatayotgan 3 nafar “Xalq ta’limi a’lochisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan bir qator professor – o‘qituvchilar ish tajribalari bilan o‘rtoqlashmoqdalar.

Kafedra professor – o‘qituvchilari tomonidan quyidagi yo‘nalishdagi pedagog kadrlarning malakasi oshiriladi: maktabgacha ta‘lim muassasalari tarbiyachilari; maktabgacha ta‘lim muassasalari jismoniy tarbiya yo‘riqchilari; maktabgacha ta’lim muassasalari musiqa rahbarlari; maktabgacha ta’lim muassasalarining ikkinchi tilga o‘rgatuvchi o‘qituvchilari; eshitishida, ko‘rishida yoki aqliy rivojlanishida nuqsonlari bo‘lgan o‘quvchilarni uyida yakka tartibda ta’lim beruvchi o‘qituvchilar; umumiy o‘rta ta‘lim maktablari logopedlari va boshlang‘ich ta‘lim o‘qituvchilari.

Tashkil etilgan malaka oshirish kurslari  pedagog kadrlariga 144-soatli dastur asosida nazariy hamda amaliy bilimlar berib boriladi.

Shu bilan bir qatorda, kafedra professor – o‘qituvchilari tomonidan o‘z yo‘nalishlari bo‘yicha ijodiy izlanishlar olib borilib, yuqorida qayd etilgan soha vakillari uchun tegishli darsliklar, metodik, o`quv qo‘llanmalar hamda uslubiy ko‘rsatmalar yaratilmoqda. Kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan malaka oshirgan tinglovchilarning kursdan keyingi samaradorligi muntazam ravishda o‘rganilib, amaliy-metodik yordam ko‘rsatib kelinmoqda.


Saytda xatoni uchratsangiz, uni belgilab Ctrl+Enter tugmalarini bosing va sayt boshqaruvchisiga xabar bering!