Pedagogika, psixologiya va ta’lim menejmenti

“Pedagogika, psixologiya va pedagogik menejment” kafedrasi haqida qisqacha ma’lumot

Kafedra shiori: “Tarbiya – biz uchun yo hayot – yo mamot, yo najot – yo halokat, yo saodat – yo falokat masalasidir”.

Tarbiyaning yo hayot, yo najot, yo saodat bo‘lishini ta’minlash biz pedagoglarga, bizning mahoratimizda, shijoatimizga, kerak bo‘lsa vatanparvarligimizga bog‘liqdir.

O‘qituvchi va tarbiyachilarning metodik mahoratini tizimli malaka oshirishni tashkil etish bilan amalga oshirish mumkin. Malaka oshirish tizimi uzluksiz metodik xizmatni tashkil qilishning eng samarali yo‘li hisoblanadi.

“Rahbar xodimlar bilan ishlash bo‘limi”, “Ma’naviy-ma’rifiy, tarbiyaviy ishlar bo‘limi”da salohiyatli, tajribali pedagoglar faoliyat yuritib, shahar va respublikaga taniqli kishilar edi. Bu bo‘limlarda Nasiba Salixodjaeva, Galina Borisevna Gorы, Liliya Pavlovna Sundeeva, Nazira Ahmedova, Baxtiniso Jo‘raqulova, Nina Petrovna Butabaeva, Luiza Abdullaevna Sadreddinova, Tat’yana Nikolaevna Asyaeva, Nuquljon Matmurodova kabi tajribali pedagoglar faoliyat yuritishgan.

Kafedra professor-o‘qituvchilari o‘quv rejaning “Umumkasbiy fanlar” blokidagi “Pedagogikaning dolzarb masalalari”, “Psixologiyaning dolzarb masalalari”, “Yangi pedagogik texnologiyalar” kurslari bo‘yicha barcha malaka oshirish kurslarida mashg‘ulotlar o‘tadilar. Shu bilan birga “O‘quv-uslubiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari”, “Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari”, “Barkamol avlod markazlari to‘garak rahbarlari”, “Amaliyotchi psixologlar” kurslariga bevosita rahbarlik qiladi. 

Kafedrada turli yillarda fan doktorlaridan Eshboy Turdiqulov, Islomjon Tursunov, Qunduzoy Husanboeva, fan nomzodlari, dotsentlardan Mavluda Qoplonova, Shamsiddin Usanovlar mudirlik qilgan.

Kafedradagi pedagogik faoliyati davomida kafedra mudiri Q.Xusanboeva 2007 yilda doktorlik ishini himoya qilib, fan doktori, kafedra dotsenti Sh.Po‘latov 2009 yilda ilmiy ishini himoya qilib, 2012 yilda fan nomzodi dotsent unvoniga sazovor bo’lgan. Katta o‘qituvchilar R.Almatova, A.Boymatova doktorlik dissertatsiyasi ustida ish olib bormoqda. D.Hidoyatova ilmiy ishlarini yakunlash arafasida.

 


Saytda xatoni uchratsangiz, uni belgilab Ctrl+Enter tugmalarini bosing va sayt boshqaruvchisiga xabar bering!