Maktabgacha, boshlang’ich va maxsus ta’lim

Toshkent shahar xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish institutining “Maktabgacha, boshlang‘ich va maxsus ta’lim” kafedrasida bugungi kunda 12 nafar professor-o‘qituvchilar (8 nafar asosiy shtatda, 4 nafar o‘rindosh)  faoliyat ko‘rsatmoqda. Ulardan  1 nafar fan nomzodi, dotsent va 11 nafar katta o‘qituvchilardir. Kafedrada faoliyat ko‘rsatayotgan 3 nafar “Xalq ta’limi a’lochisi” ko‘krak nishoni  bilan  taqdirlangan bir qator professor – o‘qituvchilar ish tajribalari bilan o‘rtoqlashmoqdalar. Ilmiy salohiyat 0,9 % tashkil etadi.

Kafedra professor – o‘qituvchilari tomonidan maktabgacha, boshlang‘ich va maxsus ta’lim  yo‘nalishlari bo‘yicha malaka oshirish kurslari tashkil etilib,  pedagog kadrlarga 144-soatli dastur asosida nazariy hamda amaliy bilimlar berib borilmoqda.

Shu bilan bir qatorda, kafedra professor – o‘qituvchilari tomonidan o‘z yo‘nalishlari bo‘yicha ijodiy izlanishlar olib borilib, yuqorida qayd etilgan soha vakillari uchun tegishli darsliklar, metodik, o`quv qo‘llanmalar hamda uslubiy ko‘rsatmalar yaratilmoqda. Kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan malaka oshirgan tinglovchilarning kursdan keyingi samaradorligi muntazam ravishda o‘rganilib, amaliy-metodik yordam ko‘rsatib kelinmoqda.


Saytda xatoni uchratsangiz, uni belgilab Ctrl+Enter tugmalarini bosing va sayt boshqaruvchisiga xabar bering!